#Payshanba_yoshlar_kuni 🗓Joriy yilning 30-aprel kuni Mirzachoʻl tuman Axborot-kutubxona markazida Yoshlar kuni munosabati bilan “Yoshlar bilan ochiq muloqot — huquqiy ong va ma’naviy yuksalish sari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir Mirzachoʻl tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari va axborot-kutubxona xodimlari hamkorligida oʻtkazilib, unda uyushmagan yoshlar faol ishtirok etdilar. ✔️Davra suhbati davomida yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, boʻsh vaqtni mazmunli tashkil etish,