Davra suhbati

#Davra_suhbati 🖥Joriy yilning 30-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar ishtirokida “Kitob — yoshlar tafakkuri va kelajagining poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularni mutolaa orqali mustaqil fikrlashga, bilim doirasini kengaytirishga hamda ma’naviy yetuk shaxs bo‘lib kamol topishiga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. 🔺Davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘zlari sevib o‘qigan asarlar, sevimli mualliflar va kitoblarning hayotdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi. ✔️Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitobga oshno etish va kelajakda bilimli, barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.