Viktorina_o'yinlari

#Viktorina_oʻyinlari 🖥Joriy yilning 4-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida "Jadidlar izidan" nomli kitobxon klubi a’zolari ishtirokida viktorina va kvest o‘yinlari tashkil etildi. 🔺Mazkur tadbir yoshlarning bilim darajasini oshirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etishga qaratildi. Qiziqarli savollar, topqirlikni talab etuvchi topshiriqlar va jamoaviy bellashuvlar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. ✔️Tadbir davomida faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirilib, ularga esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Bunday intellektual o‘yinlar yoshlarni bilimga chanqoq, faol va tashabbuskor bo‘lishga undaydi.