Hurmatli kitobxonlar! E’tiboringizga kutubxonamiz xazinasidagi eng sara asarlardan olingan parchalarni havola etamiz. ✍️ O'tkir Hoshimov 📖 Osmondan Tushgan pul 📚Ushbu asar O‘tkir Hoshimovning nafaqat buyuk romannavis, balki mohir hajvchi ekanligini ham isbotlaydi. Kitobga jamlangan hikoyalar va qissalar o‘quvchini ham kuldiradi, ham chuqur mushohadaga chorlaydi. Suratdagi cho‘ntaklaridan pul toshib chiqayotgan, osmondan tushayotgan dollarlarni tutishga urinayotgan kishi obrazi — jamiyatdagi boylikka ruju qo‘yish, ochko‘zlik va oson daromad topish ilinjidagi kimsalarni kinoya qiladi. Muallif kundalik hayotimizda uchraydigan nuqsonlarni, odamlarning fe’l-atvoridagi g‘alati odatlarni yengil mutoyiba va o‘tkir satira orqali ochib beradi. Kitob bizga baxt faqat pulda emasligini, insoniy fazilatlar har qanday boylikdan ustun turishini o‘ziga xos tarzda uqtiradi.