📚2026-yil 6-may kuni Mirzacho‘l tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-son texnikumida “Kitob burchagi” tashkil etildi. Mazkur burchak uchun jami 24 nusxadagi kitoblar jamlanib, ular badiiy adabiyotlar hamda turli soha va yo‘nalishlarga oid adabiyotlarni o‘z ichiga oladi. 🔰Tashkil etilgan kitoblar burchagi o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish, ularning bilim saviyasini oshirish, mustaqil mutolaa qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda keng dunyoqarashga ega bo‘lishlariga xizmat qiladi. ✅ Shuningdek, ushbu tashabbus yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirishga, ularni kitobga mehr va qiziqishini oshirishga zamin yaratadi. 📖 Kitob — tafakkur chirog‘i, bilim manbai!