Koʻchma kutubxona

🖥Joriy yilning 7- may kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-son texnikum kutubxonasida ko‘chma kutubxona adabiyotlari yangilandi va yangi adabiyotlarga bibliografik sharh o‘tkazildi. Mazkur sayyor tadbir doirasida ko‘chma kutubxona fondi foydalanuvchilarning talab va istaklariga muvofiq ravishda yangilanib, turli yoshdagi kitobxonlar uchun badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar bilan boyitildi. Tadbirning asosiy maqsadi – o‘quvchilar va mahalla aholisida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Bibliografik sharh davomida yangi kelgan adabiyotlar targ‘ib qilinib, kitobxonlarga ularning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi. Ishtirokchilar kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan asarlar bilan ta’minlandilar. ✔️Bunday tashabbuslar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni ilm-ma’rifatga oshno etishda muhim ahamiyat kasb etadi.