Ko'rgazma

📚 Mirzachoʻl tumani IIB rahbariyati hamda Axborot-kutubxona markazi hodimlari hamkorligida Mirzachoʻl tumani Ipak yoʻli mahallasida joylashgan 4-maktabda “KITOB KARVONI” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. 🔺 Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobga bo‘lgan mehr va qiziqishini yanada kuchaytirish hamda yoshlarni turli yod g‘oyalardan asrashdan iborat bo‘ldi. 🔺 Tadbir davomida o‘quvchilarga turli janrdagi badiiy, ilmiy-ommabop hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega kitoblar namoyish etilib, kitobning inson hayotidagi o‘rni, ilm olishdagi ahamiyati va maʼnaviy kamolotdagi beqiyos hissasi haqida atroflicha tushunchalar berildi. 👮‍♂️ Mirzachoʻl tumani IIB rahbariyati tomonidan yoshlarni ilm-fan va kitobxonlikka jalb etish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ekanligi taʼkidlanib, kitob mutolaasi inson tafakkurini boyitishi haqida fikr mulohaza almashildi.