Seminar

🖥Joriy yilning 8-may kuni Mirzacho‘l tuman Axborot-kutubxona markazida Mirzacho‘l tuman 2-son texnikumining kutubxonashunoslik yo‘nalishi dual ta’lim talabalari uchun “Kutubxonada ish yuritish xizmatlari va zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlarini tashkil etish” mavzusida seminar tashkil etildi. 💭Seminar davomida talabalarga axborot-kutubxona markazining asosiy xizmat yo‘nalishlari, kitob fondini shakllantirish, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 📌Shuningdek, seminar ishtirokchilari kutubxonaning Axborot-bibliografiya xizmati, Fondlarni to'ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati, Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish xizmati, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmatlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan kutubxonachilik kasbining bugungi kundagi o‘rni, kitobxonlarni jalb etish usullari hamda sohada olib borilayotgan islohotlar haqida tushunchalar berildi. ✔️Mazkur seminar talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish hamda kutubxonachilik sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.