Ko'rgazma

🖥2026-yil 8-may kuni Mirzacho‘l tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-son texnikumida “Kitob burchagi” tashkil etildi. 🔻 Mazkur burchak uchun jami 20 nusxadagi kitoblar jamlanib, ular badiiy adabiyotlar hamda turli soha va yo‘nalishlarga oid adabiyotlarni o‘z ichiga oladi. ✔️Tashkil etilgan kitoblar burchagi tashkilot xodimlarining bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish, ularning bilim saviyasini oshirish, mustaqil mutolaa qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda keng dunyoqarashga ega bo‘lishlariga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu tashabbus yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirishga, ularni kitobga mehr va qiziqishini oshirishga zamin yaratadi.