📚“Inson huquqlari — oliy qadriyat” mavzusida davra suhbati 2026-yil 12- may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi hamda ichki ishlar bo‘limi hamkorligida “Qonun va inson qadri-jamiyat taraqqiyoti asosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🔰Tadbirda axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda ichki ishlar bo‘limi mutaxassislari ishtirok etdi. Davra suhbati davomida inson huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish masalalari haqida atroflicha fikr almashildi. 🔰Mutaxassislar tomonidan mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, fuqarolarning huquq va majburiyatlari yuzasidan tushunchalar berildi. ✅Tadbir davomida kitob ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, ishtirokchilarga huquqiy bilimlarni oshirishga xizmat qiluvchi adabiyotlar tavsiya etildi. Savol-javoblar, ochiq muloqot va fikr almashuvlar davra suhbatining mazmunli o‘tishiga xizmat qildi.