Bir adib haqida suhbat

📚Joriy yilning 12-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida 3-maktabning 3-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Bir adib haqida suhbat” loyihasi doirasida “Yosh kitobxonlar sevgan adib” nomli davra suhbati tashkil etildi. 🔰Tadbir davomida sevimli bolalar adibi Xudoyberdi To‘xtaboyev ning hayot yo‘li, sermazmun ijodi hamda bolalar adabiyotiga qo‘shgan hissasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Suhbat jarayonida o‘quvchilar adibning mashhur asarlari, qahramonlari va ibratli hikoyalari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. ✅Tadbir yosh kitobxonlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda adabiyotga mehr uyg‘otishda muhim аhаmiyat kasb etadi.