🖥Joriy yilning 13-may kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazida 20-maktabning 4-sinf oʻquvchilari ishtirokida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi. Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad yoshlarning bilimga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targʻib qilishdan iborat boʻldi.