Davra suhbati

Joriy yilning 14-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” munosabati bilan Ichki ishlar bo‘limi hamda 2-maktab yoshlari ishtirokida "Yoshlar tarbiyasi-jamiyat kelajagi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🔰Tadbir davomida yoshlarga oid davlat siyosati, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan suhbat olib borildi. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, turli yot g‘oyalardan asrash, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashga undash borasida fikr-mulohazalar bildirildi. ✅ Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. Davra suhbati yoshlar uchun foydali va mazmunli tarzda tashkil etildi.