Joriy yilning 14-may kuni Mirzacho‘l tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 5-maktabda “Rus adabiyotining durdona asarlari” mavzusida bibliografik sharh tashkil etildi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, jahon adabiyotining sara namunalarini keng targ‘ib qilish hamda yoshlarni mutolaaga qiziqtirishdan iborat bo‘ldi. 🔰Sharh davomida rus adabiyotining yirik namoyandalari — Lev Tolstoyning “Tirilish” asari hamda Mixail Bulgakovning “Ityurak” asarlari haqida qisqacha ma’lumot va bibliografik tavsiyalar berildi. Asarlarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan insonparvarlik, adolat, ezgulik va jamiyat hayotiga oid g‘oyalar o‘quvchilarga sodda va tushunarli tarzda sharhlab o‘tildi. ✅Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi hamda mutolaa uchun tavsiya etilgan adabiyotlar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etildi. Bibliografik sharh o‘quvchilarda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.