Joriy yilning 14-may kuni Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18-maktab o‘quvchilari ishtirokida "Kitob- ma'naviyat va bilim manbai" nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa orqali bilim va dunyoqarashni kengaytirishga qaratildi. 🔰Davra suhbati davomida ishtirokchilar o'zlari o‘qigan sevimli kitoblaridan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, kitobning inson hayotidagi o‘rni haqida fikr almashdilar. Kutubxona xodimlari tomonidan tavsiya etilgan kichik yoshdagi bolalar adabiyotlari o'quvchilar e’tiboriga havola etildi. ✅Tadbir samimiy va qiziqarli muhitda o‘tib, o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi. Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yosh avlodni bilimli va barkamol etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.