Koʻchma kutubxona

📅 Bugun, 15-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Mustaqillik” mahallasida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona fondidagi kitoblar yangilanib, mavjud adabiyotlar yangi kitoblar bilan almashtirildi. 📚 Mazkur tashabbus mahalla aholisining, ayniqsa yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitob mutolaasi orqali ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda. 📖 Yangilangan ko‘chma kutubxona fondidan badiiy, ilmiy-ommabop, bolalar adabiyoti hamda turli mavzulardagi yangi adabiyotlar o‘rin oldi. Tadbir davomida kitobxonlarga tavsiyalar berilib, mutolaaning inson hayotidagi o‘rni haqida suhbatlar tashkil etildi. ✨ Ko‘chma kutubxona fondining muntazam yangilanib borilishi aholi, ayniqsa yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.