Joriy yilning 15-may kuni Mirzachól tuman axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan taqdim etilgan navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, shuningdek, jahon hamda mintaqada sodir bo‘layotgan muhim voqealar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. ✔️Tadbir davomida ishtirokchilarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazish masalalariga alohida e’tib berildi.