💻Joriy yilning 15-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan xodimlarning kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi. 💻 Mahorat darsi davomida xodimlarga Microsoft Excel dasturida ishlash bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi. Unda jadval yaratish, ma’lumotlarni tartiblash, formulalar bilan ishlash, hujjatlarni elektron shaklda yuritish hamda ish jarayonida Excel dasturidan samarali foydalanish usullari o‘rgatildi. ✅ Shuningdek, mashg‘ulot davomida xodimlar amaliy topshiriqlar orqali Excel dasturida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlab oldilar. Mazkur mahorat darsi xodimlarning axborot texnologiyalaridan foydalanish malakasini yanada oshirishga xizmat qildi.