2026-yil 18-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Gulzor” mahallasida joylashgan 19-sonli umumta’lim maktabida ko‘chma kutubxona fondi yangilanib, sayyor tadbir tashkil etildi. 🔰Tadbir davomida o‘quvchilarga mutolaaning inson hayotidagi ahamiyati, kutubxona faoliyati hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish yuzasidan davra suhbatlari o‘tkazildi. ✅Mazkur tadbir o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishi va mehrini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.