2026-yil 18-may kuni Mirzacho‘l tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 9-maktab kutubxonasiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashrifi amalga oshirildi. Tashrif davomida kutubxonaning asosiy faoliyati, ish hujjatlarining yuritilishi, mavjud adabiyotlar fondining holati hamda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish tizimi ko‘zdan kechirildi. 📚 Kutubxonada inventar daftarlarini yuritish, kitobxonlar bilan ishlash hamda fondni saqlash ishlari belgilangan talablar asosida tashkil etilgani kuzatildi. Adabiyotlar mavzular kesimida tartibli joylashtirilgan bo‘lib, foydalanuvchilar uchun zarur qulayliklar yaratilgan. Shuningdek, yosh kitobxonlarni mutolaaga qiziqtirish, ular o‘rtasida kitob targ‘ibotini olib borish va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish ishlari faol yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. O‘rganish davomida kutubxona faoliyatida salbiy holatlar aniqlanmad