Joriy yilning 18-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Gulzor” mahallasi yoshlari ishtirokida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, ma’rifatparvar adib, olim va faylasuf Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligi munosabati bilan “Fitrat merosi — yoshlar uchun ibrat maktabi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🔰Tadbir davomida adibning boy ilmiy va adabiy merosi, uning xalq ma’rifati va milliy uyg‘onish yo‘lidagi xizmatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Fitratning vatanparvarlik, ilm-ma’rifat va yoshlarni ezgu maqsadlar sari undovchi asarlari bugungi avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. ✅Davra suhbati davomida yoshlar tomonidan adib ijodidan namunalar o‘qilib, fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir yoshlarni kitobxonlikka, milliy qadriyatlarni qadrlashga hamda buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganishga chorlovchi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv sifatida taassurot qoldirdi.