Koʻchma kutubxona

🖥Joriy yilning 19-may kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Paxtazor” mahallasi 19-maktabida tashkil etilgan koʻchma kutubxona fondi yangi adabiyotlar bilan boyitilib, sayyor tadbir oʻtkazildi. Tadbir davomida oʻquvchilarga badiiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda bolalar adabiyotlaridan iborat yangi kitoblar tanishtirildi. ✅Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni mutolaaga keng jalb etish maqsadida kitob targ‘iboti olib borildi. Tadbirda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar haqida fikr almashib, sevimli asarlari yuzasidan suhbatda faol ishtirok etdilar. ✔️Mazkur sayyor tadbir yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish va mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi