🖥Joriy yilning 19-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Gulzor” mahallasi yoshlari uchun “Kitobsevar yoshlar — yurt tayanchi” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda mutolaa orqali bilim va tafakkurini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi. ✅Ko‘rgazmada o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari, yoshlar tarbiyasiga oid ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar, tarixiy hamda zamonaviy asarlar namoyish etildi. Tadbir davomida kitobning inson kamolotidagi o‘rni, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda mutolaaning ahamiyati haqida suhbatlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, sevimli asarlari yuzasidan fikr almashdilar. ✔️ Tadbir yoshlarni kitobga oshno etish, ularning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.