#ijodiy_uchrashuv

🗓2026-yil 20-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “Oqila ayollar harakati” yetakchi a’zolari hamda “Buvijonlar maktabi” a’zolari ishtirokida tumanimizning taniqli shoiri Ro'zimurod Bolqiyev bilan “Onalar — farzand qalbida kitobga mehr uyg‘otuvchi eng buyuk tarbiyachi” mavzusida ijodiy uchrashuv tashkil etildi. ✅Mazkur tadbirning asosiy maqsadi oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish, yosh avlod qalbida mutolaaga mehr uyg‘otishda onalarning o‘rni va mas’uliyatini keng targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida yozuvchi va shoir Ro'zimurod Bolqiyev tomonidan kitobning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni, oilaviy tarbiyada onalarning beqiyos hissasi hamda farzandlarni kitobxon qilib voyaga yetkazish borasida mazmunli fikr va tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan samimiy suhbat tashkil etilib, ular tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Uchrashuv davomida kitobxonlikni targ‘ib etuvchi she’r va hikmatlardan namunalar o‘qildi, tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar haqida qisqacha ma’lumotlar berildi. Mazkur ijodiy uchrashuv ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalashga xizmat qildi.