🗓2026-yil 20-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 79 yilligiga bag‘ishlab “Ayol qalbi va she’riyat jilosi” mavzusida zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi. Tadbir Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari, “Oqila ayollar harakati" yetakchi a’zolari hamda “Buvijonlar maktabi” a’zolari hamkorligida o‘tkazildi. ✔️Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad xotin-qizlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, she’riyatga bo‘lgan qiziqishni oshirish, milliy adabiyotimiz namoyandalarining boy ijodiy merosini keng ommaga yetkazishdan iborat bo‘ldi. Zakovat intellektual o‘yini davomida ishtirokchilargа Halima Xudoyberdiyeva hayoti va ijodi, o‘zbek adabiyoti, she’riyat hamda mantiqiy savollar asosida turli shartlar taqdim etildi. Ishtirokchilar faol qatnashib, o‘z bilim va tafakkurlarini namoyon etdilar. Tadbir davomida shoira qalamiga mansub she’rlar o‘qildi, uning ijodida Vatanga muhabbat, ona siymosi, ayol qalbi va insoniy fazilatlarning badiiy talqini haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir yakunida faol qatnashgan jamoalar va ishtirokchilarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.