Fotogalereya

2026-yil 21-may kuni Mirzacho‘l tuman 1-maktabning 4-sinf o‘quvchilari ishtirokida axborot-kutubxona markazi xodimlari tashabbusi bilan fotogalereya burchagi tashkil etildi. Mazkur fotogalereya orqali o‘quvchilarga kitobxonlik, Vatanga muhabbat, do‘stlik va tabiatni asrash mavzularidagi sur'atlar hamda ijodiy ishlardan namunalar namoyish etildi. ✅Tadbir davomida o‘quvchilar fotogalereyada aks etgan suratlar mazmuni bilan yaqindan tanishib, ular haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, kitobning inson ma’naviy hayotidagi o‘rni, bilim olish va mutolaaning ahamiyati haqida mazmunli suhbat olib borildi. ✔️Fotogalereya burchagi o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, ularni kitobxonlikka keng jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda, qiziqarli taassurotlar va iliq suhbatlarga boy tarzda o‘tkazildi.