🖥Joriy yilning 21-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida 18-maktab o‘quvchilari uchun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamkorligida "Kitobsevar qizlar- kelajak egalari" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. ✔️Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni vatanparvarlik, ilm-fanga qiziqish va tarixiy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ichki ishlar xodimlari tomonidan yoshlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularni yurtga sadoqat, qonunlarga hurmat va sog‘lom turmush tarziga amal qilishga chorlovchi tavsiyalar berildi. Tadbir o‘quvchilar uchun unutilmas taassurotlarga boy va mazmunli tarzda o‘tdi.