Davra suhbati

🗓2026-yil 21-may kuni Mirzacho‘l tuman Axborot-kutubxona markazi hamda tuman Madaniyat markazi xodimlari tomonidan Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 79 yilligi munosabati bilan faol kitobxonlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. ✔️Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar va kitobxonlar qalbida she’riyatga muhabbat uyg‘otish, shoira ijodini keng targ‘ib etish hamda milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbati davomida shoira hayoti va ijod yo‘li, uning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan munosib hissasi, xalqparvarlik, Vatanga muhabbat, ona siymosi va insoniy fazilatlarni ulug‘lovchi she’rlari haqida batafsil fikr almashildi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan shoira qalamiga mansub she’rlardan namunalar ifodali o‘qilib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan suhbat olib borildi. 🗣️Shuningdek, tadbir davomida Halima Xudoyberdiyevaning ijod namunalaridan tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasi kitobxonlarda katta taassurot qoldirdi. Ishtirokchilar shoira asarlarida aks etgan yuksak ma’naviyat, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik g‘oyalari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Mazmunli va samimiy ruhda o‘tgan ushbu adabiy uchrashuv kitobxonlarning she’riyatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularda kitob mutolaasiga mehr uyg‘otdi.