#Kitob_koʻrgazmasi

🗓Joriy yilning 21-may kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazida Kimyogarlar kuni munosabati bilan “Kimyo — hayot asosi” nomli kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. ✔️Mazkur burchakda kimyo fanining inson hayotidagi oʻrni, ilm-fan taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissasi hamda mashhur olimlarning ilmiy faoliyatiga oid qiziqarli kitoblar malumotlar joy oldi. Kitobxonlarga kimyo fanining kundalik hayotdagi ahamiyati, tabiat va texnologiyalar rivojidagi oʻrni haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, yoshlarning ilm-fanga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularni izlanishga undash hamda kasbga yoʻnaltirish maqsadida tavsiya va suhbatlar olib borildi.