Hurmatli kitobxonlar! Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida “Direktor sovrini 2” loyihasiga start berildi! 📚 Loyiha doirasida 4 ta tanlangan kitoblar: 1. O'lmas Umarbekov "Odam bo'lish qiyin" 2. O'tkir Hoshimov "Ikki karra ikki besh" 3. Xudoyberdi To'xtaboyev "Mungli ko'zlar" 4. Mixail Bulgakov "Ityurak" ushbu kitoblar asosida qiziqarli savollar tuzilib, bilimdon va faol kitobxonlar aniqlanadi. 💎 Loyihaning maqsadi: ➖ Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish ➖ Mutolaa orqali tafakkurni rivojlantirish ➖ Eng faol va bilimli kitobxonlarni rag‘batlantirish 📌 Ishtirok etish uchun: ➖ Belgilangan 4 ta kitobni o‘qing! ➖ Testda ishtirok eting! ➖ Savollarga javob bering! ➖ Har bir kitobxon o'zlari sevib mutolaa qilgan kitoblarni boshqalarga ham ulashish maqsadida bir nusxadan axborot-kutubxona markazi fondiga sovg'a tariqasida taqdim etishingiz talab etiladi! ➖Loyihada qatnashish istagida bo'lgan kitobxonlar Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markaziga a'zo bo'lishlari shart! 📌Ushbu loyiha doirasidagi tanlov joriy yilning 22-iyun 10:00 da Axborot-kutubxona markazida o'tkaziladi. 🎁G‘olib bo'lgan ishtirokchilar rahbariyat tomonidan: 🥇 300.000 so'm 🥈 200.000 so'm 🥉 100.000 so'm pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Murojaat uchun telefon: 📞+99855-152-52-58 ✈️ @Mirzachol_TAKM