🗓2026-yil 22-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Bog‘bon” mahallasida joylashgan “Sihat Salomatlik FARM” MCHJga qarashli shaxsiy kutubxonadagi “Namunaviy ko‘chma kutubxona” fondi adabiyotlari yangilandi hamda sayyor tadbir tashkil etildi. ✔️Tadbir davomida kitobxonlikni targʻib qilish, aholining mutolaa madaniyatini oshirish va kitob fondini boyitishga alohida eʼtibor qaratildi. Ishtirokchilarga yangi adabiyotlar taqdim etilib, kitobning inson hayotidagi oʻrni haqida suhbatlar oʻtkazildi.