🖥2026-yil 22-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida jadid adabiyoti namoyandasi, ma’rifatparvar adib Abdurauf Fitrat tavalludiga bag‘ishlangan “Vatan va millat fidoyisi – Fitrat” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. ✔️Ko‘rgazmada Fitratning hayoti va ijodi, uning millat ravnaqi yo‘lidagi xizmatlarini yorituvchi adabiyotlar keng namoyish etildi. Tadbirda 18-maktab o‘quvchilari faol ishtirok etib, adibning boy ma’naviy merosi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.