#Kitobxon_ona_kitobxon_bola

🗓2026-yil 22-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxon ona – kitobxon bola” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. ✔️Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad oilalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, onalar va farzandlar o‘rtasida mutolaa orqali ma’naviy yaqinlikni mustahkamlash hamda yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida kitobning inson kamolotidagi o‘rni, oilaviy mutolaaning ahamiyati hamda farzand tarbiyasida onaning ibrati haqida suhbatlar olib borildi.