🖥Joriy yilning 22-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Paxtazor” mahallasi yoshlariga “Kitob – tafakkur va tarbiya mezoni” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmadan yoshlarning dunyoqarashini kengaytiruvchi, ma’naviy barkamollikka undovchi hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar o‘rin oldi. ✅Tadbir davomida yoshlar kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning tafakkur va tarbiyaga ta’siri haqida fikr almashdilar. Kutubxona xodimlari tomonidan kitob mutolaasining yoshlar ongini boyitishi, ularni vatanparvarlik, ezgulik va bilimga intilish ruhida tarbiyalashi haqida tushunchalar berildi.