Davra suhbati

🖥Joriy yilning 25-may kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Jamiyat barqarorligiga tahdid" shiori ostida “Korrupsiyasiz jamiyat — farovon hayot garovi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda tashkilot xodimlari ishtirok etib, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish hamda halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash masalalari haqida fikr almashdilar. ✅Davra suhbati davomida ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik, halollik va mas’uliyat ruhida tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligi alohida ta’kidlandi. ✔️Tadbir yakunida mavzuga oid kitoblar va targ‘ibot materiallari tavsiya etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.