Hurmatli kitobxonlar‼️ E’tiboringizga kutubxonamizda mavjud bo‘lgan kitoblardan olingan parchalarni havola etamiz. ✍️Erkin Aʼzam 📚Anoyining jaydari olmasi Bu kitob taniqli o‘zbek yozuvchisi, dramaturg va kinoscenarist Erkin A'zam qalamiga mansub "Anoyining jaydari olmasi" deb nomlangan qissalar va hikoyalar to‘plamidir. Erkin A’zam o‘z asarlarida inson tabiati, jamiyatdagi o‘zgarishlar, sodda va samimiy odamlarning murakkab hayotiy vaziyatlarga to‘qnash kelishini o‘ziga xos piching, nozik yumor va chuqur psixologizm bilan tasvirlaydi.Anoyining jaydari olmasi" — shunchaki ko‘ngilochar mutolaa emas, balki bugungi globallashuv va moddiylik asrida inson bo‘lib qolish, qadriyatlarni va ichki poklikni saqlash qanchalik muhimligini eslatuvchi tarbiyaviy, falsafiy asardir. Milliy adabiyotimizning eng sara namunalari qatorida turadi.