#Kitob_taqdimoti

🗓2026-yil 25-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “Oqila ayollar harakati” yetakchi a’zolari hamda “Buvijonlar maktabi” a’zolari ishtirokida tumanimiz yozuvchisi Roʻzimurod Balqiyev qatnashuvida “Jizzax adiblari” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. ✔️Mazkur tadbirning asosiy maqsadi kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, milliy adabiyotimizni sevish ruhini yoshlar va kitobxonlar qalbiga singdirish hamda Jizzax vohasidan yetishib chiqqan ijodkorlarning boy adabiy merosini targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida “Jizzax adiblari” kitobining mazmun-mohiyati, unda jamlangan ijodkorlar hayoti va ijodi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Yozuvchi Roʻzimurod Bolqiyev tomonidan adabiyotning inson kamolotidagi o‘rni, kitob mutolaasining ahamiyati hamda yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalashdagi o‘rni haqida mazmunli fikrlar bildirildi.