🗓 2026-yil 25-may kuni Mirzacho‘l tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-maktab kutubxonasiga uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida kutubxona faoliyatining tashkil etilishi, fond bilan ishlash jarayonlari, rasmiy hujjatlarning yuritilishi hamda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi. ✔️Kutubxonada inventar kitobi, kitob berish formulyarlari va boshqa ish hujjatlari tartib asosida yuritilayotgani qayd etildi. Shuningdek, yosh kitobxonlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini shakllantirish, kitob targ‘ibotini kuchaytirish hamda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish ishlari samarali olib borilayotgani kuzatildi. O‘rganish davomida kutubxona faoliyatiga oid muhim kamchiliklar aniqlanmadi. ✨ Yakuniy suhbat jarayonida Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxona ishini yanada takomillashtirish, fond bilan ishlash sifatini oshirish hamda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.