Kitob burchagi

🖥Joriy yilning 26-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida "Butunjahon chekishga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan “Chekish — salomatlik kushandasi” nomli rasmli burchak tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar va kitobxonlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, chekishning inson salomatligiga salbiy ta’siri haqida tushunchalar berish hamda zararli odatlardan yiroq bo‘lishga chorlashdan iborat bo‘ldi. Rasmli burchakdan chekishning zararli oqibatlarini aks ettiruvchi suratlar, targ‘ibot materiallari hamda salomatlikka oid adabiyotlar o‘rin oldi. ✔️ Tadbir davomida ishtirokchilarga sog‘lom hayotning ahamiyati, inson salomatligini asrash va foydali odatlarni shakllantirish haqida tavsiyalar berildi.