Mahorat darsi

🗓2026-yil 26-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida markaz xodimlari uchun Universal o‘nlik klassifikatsiya “UDK asosida fondlarga ishlov berish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. ✔️Tadbirning asosiy maqsadi kutubxona fondlarini to‘g‘ri tartibga solish, adabiyotlarni Universal o‘nlik klassifikatsiyasi (UDK) asosida tasniflash hamda xodimlarning kasbiy malakasini oshirishdan iborat bo‘ldi. Mahorat darsi davomida UDK — Universal o‘nlik klassifikatsiyasi tizimi, uning kutubxona ishida qo‘llanilishi, fan sohalarini raqamlar orqali guruhlash, adabiyotlarni mavzuga ko‘ra joylashtirish hamda bibliografik yozuvlarni to‘g‘ri yuritish bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, yangi kelgan adabiyotlarga UDK indeksini qo‘yish va fondlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar amalga oshirildi.