Ko'rgazma

Joriy yilning 26-may kuni Mirzachoʻl tuman 2-son texnikumida “ Kasbiy mahorat milliy tanlovining birinchi bosqichi” yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur festivalda Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etib, "Bilim sari yoʻl- kitobdan boshlanadi" mavzusida kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazmadan kasb-hunar, hunarmandchilik, tadbirkorlik, milliy qadriyatlar hamda yoshlarni kasbga yoʻnaltirishga oid turli badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar oʻrin oldi. Tadbir davomida yoshlar kitoblar bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan kasblar haqida foydali maʼlumotlarga ega boʻldilar. Festival yoshlarni kasb-hunarga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularni mehnatsevarlik va izlanuvchanlik ruhida tarbiyalashda, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini keng targʻib etishda muhim аhamiyat kasb etdi.