Davra suhbati

🖥 2026-yil 1- iyun kuni Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Bolalar-kelajagimiz bunyodkorlari" nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida bolalarning huquqlari, ularni asrab-avaylash, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish masalalari haqida suhbat olib borildi. ✔️ Shuningdek, kichkintoylar uchun qiziqarli savol-javoblar, she’rlar va tarbiyaviy o‘yinlar tashkil etilib, ularga bayramona kayfiyat ulashildi. Tadbir bolajonlarda Vatanga muhabbat, mehr-oqibat va do‘stlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.