Kitob_koʻrgazmasi

riy yilning 1-iyun kuni Mirzachoʻl tuman 7-maktabgacha ta'lim tashkilotida 1-iyun – Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Bolalar kulgusi – hayot bezagi" mavzusida adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi. Tadbirda Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etib, bolajonlar uchun rang-barang va qiziqarli bolalar adabiyotlaridan iborat kitoblar koʻrgazmasini namoyish etdilar. Koʻrgazmadan oʻrin olgan ertaklar, sheʼriy toʻplamlar hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega kitoblar yosh kitobxonlarda katta qiziqish uygʻotdi. ✅Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar tomonidan sheʼrlar aytildi, kuy-qoʻshiqlar ijro etildi va raqslar namoyish etildi. Quvnoq va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir bolalarga unutilmas taassurotlar ulashib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi. Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida kitobga mehr, Vatanga sadoqat, ezgulik va doʻstlik tuygʻularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.