🖥Joriy yilning 2-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yosh avlodga "Milliy va ma'naviy qadriyatlar-yoshlar tarbiyasining poydevori" nomli ko'rgazma tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga xalqimizning boy madaniy merosi, urf-odat va an’analari, milliy qadriyatlarimizning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashning ahamiyati tushuntirildi. ✔️Tadbir qatnashchilarda milliy o‘zlikni anglash va ma’naviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.