🗓 2026-yil 3-iyun kuni Mirzacho‘l tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 8-maktab kutubxonasiga uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashrif tashkil etildi. 🗣️Tashrif davomida kutubxona ishining tashkil etilishi, mavjud hujjatlar bilan ishlash tartibi, adabiyotlar fondining holati hamda foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati tahlil qilindi. Jarayon davomida inventar kitoblari, kitobxonlar hisobini yuritish hujjatlari va boshqa zaruriy hujjatlar amaldagi tartiblar asosida yuritilayotgani ko‘rib chiqildi. Mavjud kitob fondi tartibli saqlanayotgani va undan foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratilgani aniqlandi.