2026-yil 3-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-son texnikumi talaba va o‘qituvchilari ishtirokida “Kitob – ma’naviyat va taraqqiyot manbai” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmada badiiy adabiyotlar, tarixiy asarlar, ilmiy-ommabop kitoblar hamda yoshlar tarbiyasi va ma’naviy kamolotiga oid adabiyotlar namoyish etildi. ✅Tadbir davomida ishtirokchilarga kitob mutolaasining inson tafakkurini boyitishdagi o‘rni, yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, kutubxona fondiga yangi kelib tushgan adabiyotlar tanishtirilib, talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ko‘rgazma ishtirokchilarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi. ✔️ Tadbir yakunida kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, ilm-ma’rifatga intilish va ma’naviy barkamollikni ta’minlashdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Ko‘rgazma talaba va o‘qituvchilarda katta taassurot qoldirdi.