🖥Joriy yilning 4-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Paxtazor” mahallasi 9-maktab kutubxonasida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona fondi yangi adabiyotlar bilan boyitilib, kitobxonlar uchun yangilandi. Tadbir doirasida o‘qituvchilar ishtirokida “Mutolaa madaniyati- taraqqiyot omili” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. ✅Suhbat davomida kitob mutolaasining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishda adabiyotning ahamiyati haqida fikr almashildi. Ishtirokchilarga yangi keltirilgan badiiy, ilmiy-ommabop va bolalar adabiyotlari tanishtirilib, mutolaa uchun tavsiyalar berildi. ✔️Tadbir yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash hamda kitobxonlikni keng targ‘ib etishga xizmat qildi.