🖥2026-yil 4-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan mahalladagi yosh onalarni kitobxonlikka keng jalb etish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda oilalarda kitobxonlik muhitini mustahkamlash maqsadida tuman madaniyat markazining faollar zalida “Kitobxon ona – ma’rifatli avlod tarbiyachisi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. ✅Ko‘rgazmada asosan oila, farzand tarbiyasi, ma’naviyat, milliy qadriyatlar hamda ayollar hayoti va faoliyatiga oid adabiyotlar, ertaklar, bolalar ensiklopediyalari keng namoyish etildi. Ko‘rgazma davomida ushbu kitoblarning mazmun-mohiyati, yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni, bolalarda kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati hamda oilaviy mutolaani rivojlantirishdagi roli haqida batafsil ma’lumotlar berildi. ✔️Shuningdek, yosh onalar ko‘rgazmadan o‘rin olgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishib, farzandlar yoshiga mos kitoblarni tanlash, bolalarda kitobga mehr uyg‘otish va mutolaa odatini shakllantirish yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.