Payshanba-Yoshlar kuni

🗓Joriy yilning 4-iyun kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazida Yoshlar kuni munosabati bilan "Faol yoshlar – farovon jamiyat asosi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. ✔️Tadbirda faol kitobxon yoshlar hamda kutubxona xodimlari ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning jamiyat hayotidagi oʻrni va faolligini oshirish masalalari haqida fikr almashdilar. Suhbat davomida yoshlarning maʼnaviy-axloqiy kamoloti, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashning ahamiyati haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, faol va tashabbuskor yoshlarning yurt taraqqiyotidagi hissasi, ularning ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida erishayotgan yutuqlari misolida kelajak avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.