Manaviy_marifiy

🖥2026-yil 5-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuman Madaniyat markazida "Ona va bola mutolaasi – kelajak poydevori" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi oilada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, onalar va farzandlarning birgalikda mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda yosh avlodni kitobga mehr ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.Tadbir davomida kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, farzand tarbiyasida onaning mas'uliyati va oilaviy kitobxonlikning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilarga mutolaa madaniyatini yuksaltirish, farzandlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda kitobning beqiyos o‘rni haqida tavsiyalar berildi. Shuningdek, tadbir doirasida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, onalar va bolalar uchun tavsiya etiladigan badiiy hamda ma'rifiy adabiyotlar namoyish qilindi.